Biz haqimizda

Integrated Water Solutions (IWS) kompaniyasi qishloq xo‘jaligi, issiqxonalar va landshaft maydonlari uchun suv resurslarini tejash, tomchilatib sug‘orish va avtomatlashtirilgan gidrotexnik tizimlarni joriy etish orqali tabiat muvozanatini saqlash hamda resurslardan oqilona foydalanish g‘oyasi asosida tashkil etilgan.


Maqsad: Bizning kompaniyamiz Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan O‘zbekistonda suv resurslarini tejamkor boshqarish bo‘yicha zamonaviy, ekologik xavfsiz va ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish orqali hududdagi qishloq xo‘jaligi barqarorligiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.


Vazifalar: IWS o‘z oldiga mijozlarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish, qulay va hamyonbop narxlarni taqdim etish, yuqori sifatli avtorizatsiyalangan hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish, shuningdek, jahonga mashhur brendlar (jumladan, Rivulis) zavod-ishlab chiqaruvchilaridan dilerlik narxlarida original butlovchi qismlar va uskunalarni uzluksiz yetkazib berish vazifalarini qo‘yadi.


Asosiy prinsip va tamoyillar: Kompaniyaning rivojlanish tamoyillari jamoa o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga, iste'molchilar va turli darajadagi hamkorlar ishonchini yanada oshirishga asoslangan. Bizning har bir mijoz bilan hamkorligimiz o‘zaro manfaatli asosda, do‘stona muhitda va yuksak hurmat-ehtirom ila amalga oshiriladi.


Missiya: Biz har bir shaxs va kompaniyaga suvni tejaydigan zamonaviy muhandislik yechimlarini taqdim etish, ularning ehtiyojlarini mukammal qondirish hamda mukammal savdo va xizmat ko‘rsatish orqali mijozlarimizni doimo xursand qilish uchun mavjudmiz.


SUV RESURSLARINI BOSHQARISH — ERTANGI KUNIMIZ VA MUVAFFAQIYATIMIZ ASOSI !

BIZ NIMA TAKLIF QILAMIZ?
Onlayn xarid (Tayyor mahsulotlar)

Bog'lar, tomorqalar, issiqxonalar va fermer xo'jaliklari uchun kerakli jihozlarni uydan chiqmagan holda tezda buyurtma qiling:


  • Tomchilatib sug'orish lentalari va mikrospriklerlar;
  • Kichik filtrlar va bosim rostlagichlari;
  • Suv klapanlari, фитинги (ulagichlar) va ta'mirlash to'plamlari;
  • Tayyor sug'orish to'plamlari.

Proyektli yechimlar va B2B hamkorlik

Katta hajmdagi bog'lar, uzumzorlar, yirik issiqxonalar va murakkab sug'orish tarmoqlari uchun professional yondashuv:


  • Gidravkika va bosimni hisob-kitob qilish;
  • Katta filtratsiya stansiyalari va avtomatlashtirilgan o'g'itlash (fertigatsiya) uzellari;
  • Magistral quvurlar va to'liq "kalit boshigacha" (turnkey) topshiriladigan loyihalar;
  • Mutaxassislarimizning bevosita dalaga chiqib maslahat berishi va tizimni sozlashi.
More products

Biznesda ulkan ishlarni hech qachon yolg'iz bir kishi qilmaydi, ular ahil jamoa tomonidan amalga oshiriladi.

Stiv Jobs

Bizning hamkorlarimiz
Rivulis
Jahon sug‘orish sanoati yetakchisi. Rivulis — qishloq xo‘jaligida suv resurslarini tejash, tomchilatib sug‘orish va avtomatlashtirilgan texnologiyalar bo‘yicha global innovator. O‘zining ilg‘or yechimlari va aqlli boshqaruv tizimlari orqali dunyo bo‘ylab millionlab gektar yerlarda hosildorlikni oshirib kelmoqda.
Jahon miqyosidagi yomg‘irlatib sug‘orish va purkash tizimlari yetakchisi. Western — qishloq xo‘jaligi, landshaft va o‘rmon xo‘jaliklari uchun energiya tejamkor, yuqori unumdor purkagichlar hamda suv taqsimlash texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi global brend. O‘zining mustahkam konstruksiyalari va mukammal gidravlik yechimlari orqali dunyo bo‘ylab fermerlarga sug‘orish jarayonini samarali va ishonchli boshqarishda ko‘maklashib kelmoqda.
Suv muhandisligining global klassigi. Berejik Engineering — 1965-yildan beri suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash, zamonaviy sug‘orish va drenaj tizimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi muhandislik kompaniyasi. Isroilning ilg‘or injenerlik maktabi va ko‘p yillik xalqaro tajribaga tayangan holda, u yirik infratuzilma loyihalari, millionlab aholiga mo‘ljallangan suv ta'minoti va agrar tarmoqlar uchun kompleks yechimlarni taqdim etib kelmoqda.
Western
Berejik Engineering
Bog'lanish uchun ariza
Siz bilan bog‘lanishimiz uchun maydonlarni to‘ldiring


Manzil va aloqa

O'zbekiston, Toshkent shahri,

Shota Rustaveli ko'chasi 56/31

Telefon: +998889316333

e-mail: info@iwsolutions.uz